Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘ona viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Ahmedov Xurshidjon Rustamovich Farg‘ona viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – viloyat turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Farg‘ona viloyati hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Xurshidjon Ahmedov 1979 yil 6 iyun kuni Qo‘shtepa tumanida ziyolilar oilasida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy, Toshkent davlat sharqshunoslik institutini tamomlagan. Mutaxassisligi mintaqashunoslik.
Mehnat faoliyatini 2001 yilda “Asakabank” Farg‘ona viloyat bo‘limi mutaxassisi vazifasidan boshlagan. Marg‘ilon shahar hokimligi bosh mutaxassisi, Qo‘shtepa tumani hokimining o‘rinbosari-tuman investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i bo‘lgan.
Xurshidjon Ahmedov 2020 yil 24 oktyabrdan hozirga qadar Farg‘ona viloyati hokimining turizm va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida ishlab kelgan.
Mavzuga oid
17:27 / 09.01.2026
Respublika bo‘yicha navbatchilikka chiqqan o‘qituvchilarga qo‘shimcha haq to‘lanadi – manba
11:14 / 09.01.2026
Farg‘onada chegara-bojxona postida giyohvandlik vositalari qo‘lga olindi
08:39 / 06.01.2026
Qo‘qon va Farg‘onada “opiy” va “gashish”ning katta partiyalari musodara qilindi
17:53 / 01.01.2026