Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada Rahmon va Putin Qirg‘iziston bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qiladi
Tojikiston prezidenti Moskvada 9 may kuni ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 76 yilligiga bag‘ishlab o‘tkaziladigan paradda ishtirok etganidan so‘ng Dushanbega qaytadi.
Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 8 may kuni ishchi tashrif bilan Moskvaga keladi. Shu kuni uning Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvi rejalashtirilgan. Bu haqda o‘z manbasiga tayanib «Aziya-Plyus» xabar berdi.
Manbaning so‘zlariga ko‘ra, Tojikiston va Rossiya rahbarlari ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, tojik-qirg‘iz munosabatlaridagi muammolarni hal etish hamda Tojikiston-Qirg‘iziston chegarasini demarkatsiya va delimitatsiya qilishi masalalarini muhokama qiladi.
Qayd etilishicha, Tojikiston prezidenti Moskvada 9 may kuni ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 76 yilligiga bag‘ishlab o‘tkaziladigan paradda ishtirok etganidan so‘ng Dushanbega qaytadi.
Avvalroq Vladimir Putin va Emomali Rahmon Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasidagi mojaroni muhokama qilishi to‘g‘risida Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
10:25
Zelenskiyning maktubi: diplomatik qadammi yoki strategik zarbami?
08:40 / 06.06.2026
Kremlda Putin va Shryoder o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
20:34 / 05.06.2026
Bu xat qo‘pollik unsurlariga ega - Putin Zelenskiyning xati haqida
17:01 / 05.06.2026