Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tovarlar shtrix kodi mahsulotlarning unifikatsiyalashgan nomiga bog‘lab qo‘yiladi
Vazirlar Mahkamasi “Mahsulotlar (tovar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogini joriy etish, tadbirkorlik sub'yektlari o‘rtasida tuzilgan shartnomalarni elektron ro‘yxatdan o‘tkazish va tovar-moddiy boyliklarni olish uchun ishonchnomalarni elektron rasmiylashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni qabul qildi.
Hujjat prezidentning "Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida" 2020 yil 30 oktyabrdagi farmoniga muvofiq qabul qilingan.
Qaror bilan Davlat soliq qo‘mitasining birlamchi buxgalteriya hujjatlarida mahsulotlar (tovar va xizmatlar) unifikatsiyalashgan nomlaridan foydalanish, shu jumladan, tovarlar shtrix kodlarini mahsulotlarning unifikatsiyalashgan nomlariga bosqichma-bosqich avtomatik ravishda bog‘lash to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
- mahsulotlar (tovar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogi;
- tadbirkorlik sub'yektlari o‘rtasida tuzilgan shartnomalarni elektron ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom;
- tovar-moddiy boyliklarni olish uchun ishonchnomalarni elektron rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
Qaror bilan 2021 yil 1 iyundan boshlab, tajriba tariqasida quyidagi tartiblarni joriy etish nazarda tutilmoqda:
- yagona elektron shartnomalar axborot portalida tadbirkorlik sub'yektlari o‘rtasida tuzilgan shartnomalarni ixtiyoriy ravishda elektron ro‘yxatdan o‘tkazish;
- shartnomalar portalida ro‘yxatdan o‘tgan shartnomalar asosida mahsulotlar (tovar va xizmatlar) nomlari va identifikatsiyalash kodlarini hisobvaraq-fakturalarda avtomatlashtirilgan tarzda aks ettirish;
- tovar-moddiy boyliklarni olish uchun ishonchnomalarni elektron hujjat aylanish tizimi operatorlari axborot tizimi orqali shartnoma yoki onlayn oferta asosida rasmiylashtirish.
DSQga 2021 yil 1 sentyabrga qadar tajriba natijalari bo‘yicha tadbirkorlik sub'yektlari takliflarini inobatga olgan holda, ushbu tartiblarni takomillashtirish hamda identifikatsiyalash va shtrix kodlari hisobvaraq-fakturalarda qasddan noto‘g‘ri aks ettirilishi bo‘yicha javobgarlikni kuchaytirish yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish topshirildi.
Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi "Yangi texnologiyalar" ilmiy-axborot markazi" davlat unitar korxonasi katalog va shartnomalar portalini yuritish operatori etib belgilandi hamda unga zaruratga ko‘ra, o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqi berildi.
DSQga quyidagilarni ta'minlash topshirildi:
- bir oy muddatda katalogning DSQ saytida joylashtirilishini va ma'lumotlar kelgusida doimiy yangilanib borishini;
- 2 oy muddatda shartnomalar portali ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda "Elektron hukumat" tizimi idoralararo integratsion platformasiga ulanishini;
- 2 oy muddatda mahsulotlar shtrix kodlarini ko‘rsatish orqali mahsulotlar (tovar va xizmatlar) unifikatsiyalashgan nomlari va identifikatsiyalash kodlarini aniqlash imkonini beruvchi interaktiv xizmat joriy etilishi va YaIDXPga integratsiya qilinishini;
- 3 oy muddatda onlayn-NKM va virtual kassa tizimiga mahsulotlar (tovar va xizmatlar) unifikatsiyalashgan nomlari va identifikatsiyalash kodlari integratsiya qilinishini.
Shuningdek, DSQga ikki hafta muddatda mahsulotlar (tovar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogini yuritish tartibini tasdiqlash topshirildi.
Mavzuga oid
16:35 / 15.06.2026
«Sotilgan tovar qaytarib olinmaydi». Bu qonuniy talabmi?
12:27 / 16.02.2026
Tovarlarni erkin muomalaga chiqarishda elektron tasdiq olish tartibi joriy etiladi
15:01 / 10.11.2025
Toshkent shahri va Xorazmda tadbirkorlik zichligi eng yuqori
15:11 / 04.11.2025