Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Estoniyada harbiy mashg‘ulotlar boshladi
Swift Response mashg‘ulotlarida Estoniya, AQSh va Buyuk Britaniyaning 2,5 mingga yaqin harbiy xizmatchisi, 20dan ortiq samolyot va 25ta vertolyot qatnashadi. Mashg‘ulotlar 14 may kuni yakunlanadi.
Estoniyada AQShning Swift Response harbiy mashg‘ulotlari faol bosqichi boshlandi, deb xabar berdi ERR.
Xabarda aytilishicha, AQShning 41-artilleriya brigadasi Estoniya mudofaa kuchlari poligonida reaktiv tizimlardan jangovar o‘t ochishlarni amalga oshiradi.
7 may kuni AQShning 82-harbiy desant diviziyasi Nurmsi aerodromiga tushadi. Amerikalik harbiylar 8 may kuni aerodromdan mudofaa kuchlari poligoniga vertolyotdan desant tashlash mashg‘ulotini o‘tkazadi.
Swift Response mashg‘ulotlari AQSh boshchiligidagi Defender Europe 2021 harbiy mashg‘ulotlarining bir qismi hisoblanadi. Swift Response mashg‘ulotlarida Estoniya, AQSh va Buyuk Britaniyaning 2,5 mingga yaqin harbiy xizmatchisi, 20dan ortiq samolyot va 25ta vertolyot qatnashadi. Mashg‘ulotlar 14 may kuni yakunlanadi.
Defender Europe mashg‘ulotlari Yevropaning 16 mamlakatida o‘tkaziladi, unga 28 ming harbiy jalb etiladi.
Mavzuga oid
22:16 / 18.06.2026
AQSh vitse-prezidenti Ho‘rmuz bo‘g‘ozi blokadasi ochilganini e’lon qildi
21:12 / 18.06.2026
Neft narxi AQSh va Eron urushi boshlanganidan beri eng past darajaga tushdi
13:35 / 18.06.2026
AQSh-Eron prezidentlari o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi
10:00 / 18.06.2026