Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda boqilayotgan parrandalar soni ma'lum qilindi
Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi axborot xizmatining Kun.uz muxbiriga bergan ma'lumotga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-mart holatiga viloyatda 5 million 963,2 ming bosh parrandalar mavjud. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda o‘sish sur'ati 100,2 foiz.
2021 yilning yanvar-mart holatiga jami parrandalarning 5,3 foizi fermer xo‘jaliklari, 71,8 foizi dehqon xo‘jaliklari va 22,9 foizi qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Hududlar kesimida parrandalar soni:
- Chiroqchi tumani – 787,6 ming bosh;
- Shahrisabz tumani – 781,2 ming bosh;
- Kitob tumani – 554,4 ming bosh;
- Qamashi tumani – 507,8 ming bosh;
- Koson tumani – 475,8 ming bosh;
- Qarshi tumani – 457,6 ming bosh;
- G‘uzor tumani – 451,4 ming bosh;
- Yakkabog‘ tumani – 441,2 ming bosh;
- Mirishkor tumani – 351,4 ming bosh;
- Nishon tumani – 333,0 ming bosh;
- Muborak tumani – 225,8 ming bosh;
- Kasbi tumani – 212,1 ming bosh;
- Dehqonobod tumani – 185,8 ming bosh;
- Shahrisabz shahar – 139,4 ming bosh;
- Qarshi shahar – 58,7 ming bosh.
Mavzuga oid
09:49
O‘zbekistonda talabalar soni 1,5 milliondan oshdi
11:10 / 17.06.2026
O‘qish maqsadida chet elga chiqqanlar soni kamaydi
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
09:31 / 13.06.2026