O‘zbekiston | 15:57 / 10.05.2021
8605
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston banklarida qancha naqd pul aylanadi? 3 oylik miqdor ochiqlandi

O‘tgan chorakda banklar orqali naqd pul aylanmasi hajmi 2020 yilning mos davriga nisbatan 41,6 foizga oshdi.

Foto: KUN.UZ

Markaziy bank respublikada birinchi chorakdagi naqd pul muomalasi bo‘yicha qisqacha sharh e'lon qildi.

Qayd etilishicha, 2021 yil yanvar-aprel oylarida banklar orqali naqd pul aylanmasi hajmi 149,3 trln so‘mni tashkil etgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2020 yilning mos davriga nisbatan 41,6 foizga yuqori hisoblanadi.

Jumladan, banklar kassalariga naqd pul tushumlari 75,4 trln so‘mni, chiqim qilingan naqd pullar 73,9 trln so‘mni tashkil etdi.

Joriy yilning yanvar-aprel oylarida bank kassalaridan (shu jumladan, bankomatlardan) berilgan naqd pullar 2020 yil yanvar-aprel oylariga nisbatan 38,5 foizga oshishi kuzatilgan bo‘lsa, mazkur holat asosan, bank kartalaridan naqd pul yechish hajmining 10,9 trln so‘mga (1,7 barobar) hamda naqd chet el valutasini sotib olish uchun yo‘naltiriladigan naqd pullar hajmi 6,5 trln so‘mga (1,5 barobar) o‘sishi hisobiga yuzaga keldi.

O‘tgan chorakda bank kartalariga 78,4 trln so‘mlik mablag‘lar kelib tushib, ushbu davrda bank kartalaridagi 25,9 trln so‘mlik (33,1 foiz) mablag‘lar aholi tomonidan naqdlashtirib olingan.

Avvalroq, 2021 yil yanvar-mart oylarida banklar orqali naqd pul aylanmasi hajmi 108,2 trln so‘mni tashkil etib, 2020 yilning mos davriga nisbatan 23,2 foizga oshgani ma'lum qilingandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid