O‘zbekiston | 11:30 / 10.05.2021
3571
2 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev shu hafta Yaponiya yetakchisi bilan muloqot o‘tkazadi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev shu hafta Yaponiya yetakchisi hamda Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari rahbarlari bilan muloqotlar o‘tkazishi rejalashtirilgan. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov OAV uchun o‘tkazilgan an'anaviy brifingda ma'lum qildi.

“Bugun davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi islohotlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan taqdimot o‘tkaziladi. Shuningdek, hafta davomida sog‘liqni saqlash sohasida raqamlashtirish jarayonlari hamda davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirilayotgan loyihalar taqdimoti, hududlar va tarmoqlarda iqtisodiy o‘sish sur'atlarini ta'minlash masalalari bo‘yicha videoselektor o‘tkazilishi mo‘ljallangan.

Xalqaro tadbirlar rejasiga kelsak, bu hafta prezidentimiz Yaponiya yetakchisi hamda mintaqamiz mamlakatlari rahbarlari bilan muloqotlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Mana, muborak Ramazon oyi tugashiga ham oz vaqt qoldi. Shu kunlarda hurmatli prezidentimizga Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risidagi qaror loyihasi bo‘yicha axborot beriladi”, dedi Sherzod Asadov.

Qayd etilishicha, Ramazon hayiti bo‘yicha qabul qilinadigan qaror ommaviy axborot vositalarida e'lon qilinadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid