AQSh kemasi Eron kemalariga ogohlantiruvchi o‘q uzdi
Ma'lumot berilishicha, AQSh kemalari bir oy ichida ikkinchi marta Eron kemalariga ogohlantiruvchi o‘q uzmoqda.
AQSh sohil qo‘riqlash kemasi Hurmuz bo‘g‘ozida Eron harbiy-dengiz flotining 13ta kemasi AQSh harbiy-dengiz kuchlari kemalariga yaqinlashganidan so‘ng 30 martaga yaqin ogohlantiruvchi o‘q uzdi.
Pentagon vakili Jon Kerbining aytishicha, Eron tezyurar katerlari AQShning olti harbiy kemasiga 140 metr masofagacha yaqinlashganidan so‘ng ogohlantiruvchi o‘qlar uzilgan.
Ma'lumot berilishicha, AQSh kemalari bir oy ichida ikkinchi marta Eron kemalariga ogohlantiruvchi o‘q uzmoqda.
Aprelda Amerika harbiy kemasi Eronning uchta kemasi unga yaqinlashganidan so‘ng ogohlantiruvchi o‘q uzgandi.
Hurmuz bo‘g‘ozi Fors ko‘rfazini Hind okeani, Eron, BAA va Ummon bilan bog‘laydi. U jahon savdosi uchun muhim ahamiyatga ega.
Mavzuga oid
10:30
OAV: Isroil Eronga qarshi yirik hujumga tayyorlanmoqda
10:20
Eronlik erkak tinchlik uchun 40 yil ichida 80 mamlakatni velosipedda aylanib chiqdi
09:30
AQSh Ukrainaga 400 mln dollarlik harbiy yordam beradi
01:15