Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Beshariqdagi avariyada «Cobalt» haydovchisi vafot etdi
Beshariq tumanida quvib o‘tish qoidasini buzgan «Cobalt» yo‘l-transport hodisasiga uchradi, deya xabar bermoqda Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati.
Ma'lum qilinishicha, voqea 10 may, dushanba kuni soat 8:50 atrofida Beshariq tumanining Marg‘ilon – Oltiariq – Rishton – Karimdevona yo‘nalishidagi avtomobil yo‘lida ro‘y bergan.
Aniqlanishicha, «Cobalt» avtomobili haydovchisi Yu. ismli fuqaro mashina tezligini oshirgan. U quvib o‘tish qoidasini buzib o‘tgani sabab YTH sodir bo‘lgan. Oqibatda haydovchi vafot etgan.
Avvalroq, Bog‘dod tumanidagi YTHda bir qizaloq vafot etgani haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
11:33 / 16.05.2026
Samarqanddagi YTHda ikkita yuk mashinasi yonib ketdi
11:00 / 16.05.2026
Chilonzorda Tracker piyodani urib yubordi
00:40 / 16.05.2026
Olmaliqda mototsiklchi 14 yoshli piyodani urib yubordi
16:48 / 15.05.2026