Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorazmlik ota to‘lanishi lozim bo‘lgan aliment pullari o‘rniga uy berdi
Xorazm viloyati, Bog‘ot tumanida istiqomat qiluvchi ota farzandiga to‘lanadigan aliment puli o‘rniga o‘z uyini rasmiylashtirib berdi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Bog‘ot tumanlararo sudining 2020 yil 6 fevraldagi ijro hujjatiga asosan, qarzdor otadan undiruvchi sobiq turmush o‘rtog‘ining foydasiga voyaga yetmagan bir nafar farzandi ta'minoti uchun daromadlarining 1/4 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan edi.
Mazkur ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Bog‘ot tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan kundan tegishli tartibda ijro ishi yurituvi qo‘zg‘atilib, ota tomonidan aliment pullari oyma-oy, o‘z vaqtida va to‘liq to‘lab kelingan.
Shunga qaramasdan, joriy yilning aprel oyida, alimentchi ota Byuroning tuman bo‘limiga kelib, farzandiga to‘lanishi lozim bo‘lgan aliment evaziga o‘z uyini rasmiylashtirib berish istagini bildirgan.
Vazirlar Mahkamasining 808-sonli qaroriga muvofiq, sobiq turmush o‘rtog‘i bilan kelishilgan holda, Bog‘ot tumanidagi hovli joyini uning nomiga rasmiylashtirib berildi va qarzdor ota sud tomonidan aliment to‘lashdan ozod qilindi.
Mavzuga oid
10:06 / 27.11.2025
Aliment to‘lovchilar sug‘urta polisi orqali chet elga chiqishi mumkin bo‘ladi
08:50 / 13.11.2025
Samarqandlik ayol erini qamoqdan chiqarish uchun aliment qarzini o‘zi to‘ladi
09:17 / 08.11.2025
Ming dollar evaziga “ekspertiza” va’dasi: inspektor qo‘lga olindi
15:22 / 04.11.2025