Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada avtomobil narxlari keskin oshishi taxmin qilindi
Yevropa biznes assotsiatsiyasi ma'lumotlariga ko‘ra, Rossiyada avtomobilga bo‘lgan talab qariyb 300 foizga o‘sishi kuzatilmoqda.
Yuqori talab saqlanib qolgan holda Rossiya avtomobil bozoridagi taqchillik mashinalar narxining 15 foizgacha oshishiga olib kelishi mumkin. Bu haqda «Avtostat» agentligi direktori Sergey Tselikov ma'lum qildi.
Yevropa biznes assotsiatsiyasi ma'lumotlariga ko‘ra, Rossiyada avtomobilga bo‘lgan talab qariyb 300 foizga o‘sishi kuzatilmoqda. Qayd etilishicha, bu rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.
Joriy yilning aprelida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 113 042 dona ko‘proq avtomobil sotilgan. O‘tgan yili atigi 38 922 dona avtomobil sotishga muvaffaq bo‘lingan.
Kutilmagan talab natijasida qator modellar taqchilligi kuzatilmoqda.
Avvalroq Rossiya avtobozorida pasayish kuzatilgandi. Yanvar boshlarida boshlangan pasayish martga kelib tezlashgandi.
Mavzuga oid
10:40
YeI va Kreml o‘rtasida norasmiy aloqalar bo‘lgani xabar qilindi
08:45
G7 bayonotidan so‘ng Kiyev yana hujumga uchradi
08:29
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
22:32 / 17.06.2026