Jahon | 17:20 / 15.05.2021
9609
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda yuz bergan tornado oqibatida o‘ndan ortiq inson halok bo‘ldi

Uhan shahrida 85ta uy butkul vayron bo‘lgan, 400ga yaqin uyga shikast yetgan. 

Xitoyning Uhan va Suchjou shaharlariga yopirilgan tornadolar oqibatida kamida 12 kishi halok bo‘ldi, 400dan ortiq kishi jarohatlandi. Bu haqda Global Times gazetasi xabar berdi

Ma'lumotlarga ko‘ra, Uhan shahrida yuz bergan tabiiy ofat natijasida 8 kishi halok bo‘lgan, 280 kishi jarohatlangan.

Shuningdek, 85ta uy butkul vayron bo‘lgan, 400ga yaqin uyga shikast yetgan.

Suchjou shahrida esa tornado 4 kishining umriga zomin bo‘lgan, 149 kishi yengil jarohat olgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid