O‘zbekiston | 17:19 / 17.05.2021
19799
1 daqiqa o‘qiladi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Xonqa tuman sudi raisi avtohalokat qurboni bo‘ldi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Xonqa tuman sudining raisi Maqsudbek Qilichev avtohalokat sabab vafot etdi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi xabar berdi.

1978 yilda tavallud topgan Maqsudbek Qilichev faoliyatini “Xalq banki” Xorazm viloyati Xiva filialida oddiy ishchilikdan boshlagan. Oliy tahsildan so‘ng fuqarolik ishlari bo‘yicha Xorazm viloyati sudida kotib, Xiva tuman tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi axborot maslahat konsalting markazining huquqiy maslahatchisi, advokatlik firmasi rahbari vazifalarida ishlagan.

U  2012-2017 yillarda jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘shko‘pir tuman sudining raisi bo‘lgan, vafotiga qadar jinoyat ishlari bo‘yicha Xonqa tuman sudi raisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

“Sudyalar oliy kengashi jamoasi marhumning yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirib, musibatda chiroyli sabr tilaydi”, deyiladi ma'lumotda.

Mavzuga oid