Jahon | 17:16 / 19.05.2021
11565
1 daqiqa o‘qiladi

Belarusda harbiy samolyot halokatga uchradi

Halokat oqibatida ikki uchuvchi hayotdan ko‘z yumdi.

Belarusda Lidsk aviabazasining Yak-130 harbiy samolyoti halokatga uchradi. Bu haqda mamlakat mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, hodisa Baranovichi shahri yaqinida yuz bergan.

«Ekipaj o‘quv-mashg‘ulot parvozini bajarish vaqtida texnik nosozlikni aniqlagan. Mardlik va qahramonlik ko‘rsatgan uchuvchilar samolyotni aholi maskaniga qulashdan olib qochishgan. Ular samolyot uylardan uzoqlashganiga ishonch hosil qilgandan so‘ng katapulta yordamida samolyotni tark etgan», deyiladi xabarda.

Taassuf bildirilishicha, har ikki uchuvchi halok bo‘lgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid