Jamiyat | 18:15 / 19.05.2021
5207
1 daqiqa o‘qiladi

Nukusda 16 yoshli qiz o‘zini «Qizketgen» kanaliga tashladi

Milliy gvardiya Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bugun soat 12:30larda Milliy gvardiya xizmatchilari Nukus hududidan o‘tgan «Do‘stlik» kanaliga o‘zini tashlagan 16 yoshli qizni qutqardi.

Unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, shahar tibbiyot birlashmasiga yetkazilgan.

Qiz Nukusda yashovchi fuqaro J.T. ekanligi aniqlandi. Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldin xalq tilida «Qizketgen» nomini olgan kanalga kalla tashlagan bolalar nega halok bo‘lgani oydinlashgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid