Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi O‘zbekiston universiteti tashkil qilinadi – Behzod Musayev
Prezident maktablarini tugatgan o‘quvchilar uchun Yangi O‘zbekiston universiteti tashkil etiladi. Bu haqda Behzod Musayev ma'lumot berdi.
Bugun, 21 may kuni «Toshkent besh tashabbus harakati» doirasida yoshlar bilan ochiq muloqotda bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev Yangi O‘zbekiston universiteti tashkil etilishi haqida ma'lumot berdi.
Bosh vazir o‘rinbosariga ko‘ra, Yangi O‘zbekiston universiteti prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilyapti.
«2021 yil 1 centyabrdan boshlab respublikaning barcha hududlarida Prezident maktablari faoliyatini boshlaydi. Bu yerda Kembrij ta'lim tizimi asosida dars beriladi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev shu yerga kelganda masalaning ikkinchi tomonini ham o‘yladilar va savolni o‘rtaga tashladilar: Kembrij ta'lim tizimi bo‘yicha o‘qishni bitirgan bolalar qayerda o‘qiydi? Shu maqsadda O‘zbekistonda Yangi O‘zbekiston universitetini tashkil qilish bo‘yicha dastlabki qadamlar tashlandi», - dedi Musayev ochiq muloqot davomida.
Mavzuga oid
20:04 / 01.01.2026
Yangi O‘zbekiston universitetining kampusi 200 mln dollarga baholanmoqda
10:01 / 26.10.2025
Yangi O‘zbekiston universitetida Sun’iy intellekt klasteri ishga tushiriladi
08:03 / 05.07.2025
O‘zbekiston universiteti xalqaro reytingda eng kuchli 500 ta OTM qatoridan joy oldi
10:30 / 31.05.2025