O‘zbekiston | 07:45 / 22.05.2021
2739
1 daqiqa o‘qiladi

22 may kuni O‘zbekistonda kam bulutli ob-havo saqlanib turadi

22 mayda kunduz kuni O‘zbekistonda asosan kam bulutli ob-havo bo‘lishi saqlanib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 29-34 daraja issiq atrofida bo‘ladi.

Poytaxtda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 30-32 daraja issiqqacha ko‘tariladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida ba'zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo 18-23 daraja issiq bo‘ladi.

Kutilayotgan mahalliy yomg‘irlar yog‘ishi hisobiga respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid