O‘zbekiston | 11:25 / 22.05.2021
3718
1 daqiqa o‘qiladi

«Uzbekistan Airways» Samarqand-Almati-Samarqand muntazam qatnovini yo‘lga qo‘yadi

«Uzbekistan Airways» Samarqand-Almati muntazam qatnovini yo‘lga qo‘ymoqda. Bu haqda aviakompaniyaning Telegram’dagi rasmiy kanalida xabar berilgan.

Ma'lum qilinishicha, «Uzbekistan Airways» 8 iyundan boshlab, Samarqand-Almati-Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha muntazam parvozlarni boshlaydi. Qatnovlar haftada ikki marta, seshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.

Qayd etilishicha, chiptalar narxi: Samarqand-Almati yo‘nalishida 1 088 000 so‘mdan,

Samarqand-Almati-Samarqand yo‘nalishida 1 892 000 so‘mdan boshlanadi.

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid