Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyada itlar koronavirusni bir necha soniyada aniqlashga o‘rgatildi
Londondagi Gigiyena va tropik tibbiyot maktabi mutaxassislari maxsus tayyorlangan itlar odam organizmidagi koronavirusni bir necha soniyada 94 foiz aniqlik bilan topa olishi mumkinligi haqidagi xulosaga kelishdi.
Mutaxassislar Medical Detection Dogs xayriya tashkilotining 6ta itida tadqiqot o‘tkazishgan. Ular bu maqsadda koronavirusga chalingan odamlarning kiyimi va himoya niqoblari namunalarini to‘plashgan.
So‘ngra itlar ushbu namunalar bo‘yicha koronavirusning kimyoviy birikmasini aniqlashga o‘rgatilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, itlar koronavirusni 82–94 foiz aniqlik bilan topishga muvaffaq bo‘lgan.

E'tiborlisi, ular koronavirusni aniqlash tezligi bo‘yicha PsR-testlarni ortda qoldirgan. Ta'kidlanishicha, itlar ikkitadan bo‘lib ishlab, yarim soat ichida 300 kishini tekshira oladi. Bu esa o‘rtacha hisobda bir aviareysdagi yo‘lovchilar soniga teng. Shu sababli bu amaliyotni aeroportlarda qo‘llash rejalashtirilmoqda.
«Gap shundaki, itlar koronavirusni testlardan ko‘ra ancha tezroq aniqlay oladi», deb aytgan tadqiqot mualliflaridan biri Jyeyms Logan.
Avvalroq shunday amaliyot Xelsinki aeroportida qo‘llangan. U yerda maxsus tayyorlangan itlar hid bo‘yicha yo‘lovchilarda koronavirus bor-yo‘qligini aniqlagan.
Mavzuga oid
18:37 / 21.09.2025
COVID-19 pandemiyasi boshlanishini yoritgan xitoylik jurnalist 4 yilga qamaldi
15:47 / 06.08.2025
AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi mRNK-vaksinalari uchun mablag‘ni qaytarib oldi
21:02 / 24.07.2025
Olimlar COVID-19 pandemiyasi odamlarning miyasini qaritganini aniqladi
17:18 / 05.07.2025