Jahon | 23:29 / 24.05.2021
8603
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya AQSh bilan sammit o‘tkazilishini tasdiqladi

Rossiya xavfsizlik kengashining bildirishicha, sammit o‘tkazilish muddati va joyi to‘g‘risida qo‘shimcha e'lon qilinadi.

Jo Bayden va Vladimir Putin / Foto: TASS

Jyenevada Rossiya xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev va AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Jyeykob Sallivan o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Rossiya xavfsizlik kengashi xabarida aytilishicha, ushbu uchrashuv «19 may kuni Sergey Lavrov va Entoni Blinken o‘rtasida o‘tkazilgan uchrashuvning mantiqiy davomi bo‘ldi».

Ikki davlat tashqi ishlar mahkamalari rahbarlarining uchrashuvi Islandiya poytaxti Reykyavikda bo‘lib o‘tgandi.

Xabar qilinishicha, Rossiya AQSh bilan sammit o‘tkazilishiga rasman rozi bo‘ldi.

«Jyenevada o‘tkazilgan uchrashuv rejalashtirilayotgan Rossiya-Amerika sammitiga tayyorgarlik yo‘lida muhim bosqich bo‘ldi, sammit o‘tkazilish muddati va joyi to‘g‘risida qo‘shimcha e'lon qilinadi», deyiladi xabarda.

Avvalroq Vladimir Putin Jo Baydenning uchrashuv o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifini qabul qilganini na Kreml, na Rossiya TIV tasdiqlagandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid