Sport | 23:07 / 26.05.2021
10226
1 daqiqa o‘qiladi
Konte «Inter» bilan shartnomani bekor qildi
«Inter» bosh murabbiy Antonio Konte bilan o‘zaro kelishuv asosida shartnomani bekor qildi.
Avvalroq italiyalik mutaxassis va milanliklar rahbariyati o‘rtasida kelishmovchilik yuz bergani xabar qilingandi. Klub rahbariyati moliyaviy inqiroz tufayli sarmoyalar miqdorini qisqartirish va jamoadagi ish haqini 20 foizga kamaytirishni xohladi. Konte esa bu rejani klub ambitsiyalariga zid deb hisoblab, kelasi mavsumni muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun tarkibni kuchaytirish lozim deb hisobladi.
Ma'lumot o‘rnida, 51 yoshli mutaxassis 2019 yilning yozida «Inter» bosh murabbiyiga aylanib, yakunlangan mavsumda jamoa bilan A Seriya chempionligini qo‘lga kiritdi.
Mavzuga oid
12:28 / 07.11.2024
«Villa» o‘yinida ahmoqona penalti, «Barsa» istagancha gol urmoqda. Kun o‘yinlari
14:28 / 28.10.2024
«Arsenal» jarohatlar girdobida, Italiya derbisida yangi yulduz porladi. Kun o‘yinlari
12:12 / 23.04.2024
Derbida mushtlashuv va chetlatishlar. Italiyada chempion rasman aniq bo‘ldi
12:10 / 11.06.2023