O‘zbekiston | 07:40 / 27.05.2021
2354
1 daqiqa o‘qiladi

Bugun respublika bo‘yicha havo quruq, kam bulutli bo‘ladi

Foto: KUN.UZ

Bugun kunduz kuni respublika bo‘yicha havo quruq, kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 34-39 daraja issiq atrofida bo‘ladi.

Poytaxtda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo 35-37 daraja issiqqacha ko‘tariladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida ba'zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 22-27 daraja issiq bo‘ladi.

Kutilayotgan mahalliy yomg‘irlar hisobiga respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid