Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bashar Asad Suriya prezidenti saylovlarida g‘alaba qozondi
Suriyaning amaldagi prezidenti Bashar Asad mamlakatda 26 may kuni o‘tgan prezident saylovlari natijalariga ko‘ra yana 7 yillik muddatga qayta saylandi. Suriya prezidenti lavozimini 2000 yildan beri egallab kelayotgan Asadni 95 foizdan ko‘proq saylovchi qo‘llab-quvvatlagan.
Saylovlarda ishtirok etgan 18 mlndan ko‘proq fuqaroning 13 mln 540 mingdan ziyodi yoki 95,1 foizi Asad uchun o‘z ovozini bergan. Qolgan ikki nomzod – Xalq kengashi masalalari bo‘yicha sobiq vazir Abdulla Sallum Abdulla uchun 1,5 foiz, ichki muxolifat vakili Mahmud Ahmad Mariy uchun 3,3 foiz ovoz berilgan.
Ovoz berish jarayonida 14,2 million suriyalik ishtirok etgan. Saylovda davomat 78 foizni tashkil etgan.
Xorijiy kuzatuvchilar Asad saylovlarda hech qanday qiyinchiliksiz g‘alaba qozonishini ta'kidlab kelishgan. Bu saylovlar mamlakatda fuqarolik urushi boshlangan 2011 yildan beri o‘tkazilgan ikkinchi prezident saylovlari bo‘ldi. 2014 yilda o‘tgan avvalgi saylovlarda ham Asad 88 foizdan ko‘proq ovoz bilan g‘alaba qozongandi. O‘shanda saylovlarga uzoq yillar davomida birinchi marta Asad oilasi a'zolari hisoblanmagan nomzodlar ishtirok etish uchun qo‘yilgan.
- Bashar Asad Suriyani 2000 yildan buyon boshqarib kelmoqda. U prezidentlik lavozimida mamlakatni 1971 yildan boshlab boshqargan Hazif Asadning o‘rnini egallagan.
Mavzuga oid
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
20:33 / 30.05.2026
«Mehr» operatsiyalari natijasida 530 dan ortiq kishi O‘zbekistonga qaytarildi
18:07 / 30.05.2026