Jahon | 21:16 / 30.05.2021
12791
1 daqiqa o‘qiladi

Ukrainaning Tailanddagi elchisi mehmonxonada jonsiz holda topildi

Ukrainaning Tailanddagi elchisi Andrey Beshta Ko-Lipe orolidagi mehmonxonada jonsiz holda topildi.

Foto: Embassy of Ukraine in the Kingdom of Thailand

Tailand politsiyasida ma'lum qilinishicha, elchining jasadida zo‘ravonlik alomatlari aniqlanmagan.

Beshta soat 5:30 atrofida mehmonxonadagi xonasida jonsiz holda topilgan. Elchi o‘g‘lining aytishicha, otasi bir kun oldin o‘zini yaxshi his qilgan. Ta'kidlanishicha, elchi soat 4:30 atrofida zaharlanish alomatlari bilan uyg‘ongan, so‘ngra hushini yo‘qotgan.

Diplomatning jasadi yorish uchun dastlab mahalliy shifoxonaga jo‘natilgan. So‘ngra jasad Bangkokdagi politsiya gospitaliga o‘lim sababini aniqlash uchun keltirilgan.

Elchi 45 yoshda bo‘lgan. U Tailanddagi elchixonaga 2015 yildan rahbarlik qilib kelgan. Diplomat o‘z vaqtida Ukrainaning BMT va boshqa xalqaro tashkilotlardagi vakolatxonalarida faoliyat yuritgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid