Jahon | 09:19 / 31.05.2021
7518
2 daqiqa o‘qiladi

Nigeriyada 200ga yaqin o‘quvchi o‘g‘irlab ketildi

Nigeriyada qurollangan jinoyatchilar Niger shtatining Tegina shahridagi maktab-internatga hujum qilib, u yerdan 200ga yaqin o‘quvchini o‘g‘irlab ketdi. Hukumat o‘g‘irlangan o‘quvchilar aniq sonini ma'lum qilmagan.      

Mahalliy aholining ta'kidlashicha, jinoyatchilar kunning ikkinchi yarmida shaharga kelib, otishma boshlagan. Buning oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, yana bir kishi og‘ir jarohat olgan. Maktab rahbarlaridan birining ta'kidlashicha, jinoyatchilar 100dan ko‘proq bolani olib ketgan, biroq ko‘p o‘tmay 4 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarni ortga qaytarib yuborgan. 

Nigeriyada oxirgi oylarda evaz puli olish maqsadida oliy ta'lim muassasalari va maktablarga hujum qilish holatlari ko‘p sodir etilmoqda. Ma'lumotlarga ko‘ra, mamlakatda 2020 yil dekabridan beri 730 o‘quvchi va talaba o‘g‘irlab ketilgan. Shu sababli Nigeriya shimolida mart oyidan beri 600dan ko‘proq maktab yopilgan. Ularda ta'lim olgan o‘quvchilar xavfsizroq hududlardagi maktablarga ko‘chirilgan.

Navbatdagi hujum 14 talaba 40 kun asirlikda ushlab turilib, ozod qilingandan bir kun o‘tib sodir etilgan. Mahalliy OAVning ta'kidlashicha, talabalar ozod etilishi uchun pul to‘langan. Ba'zi talabalar qatl etilgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid