O‘zbekiston | 09:18 / 31.05.2021
5032
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston biznesining yirik delegatsiyasi Tojikistonga tashrif buyuradi 

Bugun, 31 may kuni O‘zbekistonning 150dan ortiq yirik biznes vakillari Dushanbega tashrif buyuradi. Delegatsiya tarkibiga mamlakatning barcha viloyatlari va yirik shaharlaridan ishbilarmon doiralar vakillari kiritilgan, deya xabar berdi «Aziya-Plyus» Tojikiston hukumatidagi manbaga tayangan holda.

Ertaga, 1 iyun kuni Dushanbedagi «Hayatt Rijyensi» mehmonxonasida tojik-o‘zbek biznes-forumi bo‘lib o‘tadi.

Ikki davlatning biznes vakillari yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni muhokama qiladilar, shuningdek, mahsulot va xizmatlarni yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar imzolashlari kutilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, Toshkent va Dushanbe o‘zaro savdo aylanmasining o‘sishiga yangi turtki berib, yillik savdo hajmini 1 milliard dollarga yetkazmoqchi. 

Bundan oldin, yuzdan ortiq o‘zbekistonlik san'atkorlar Dushanbedagi «Do‘stlik oqshomi» konsertida ishtirok etishi ma'lum qilingandi. 

Ular 10 iyun kuni Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida «Ko‘hi Borbad» konsert zalida bo‘lib o‘tadigan «Do‘stlik oqshomi» konsertida chiqish qilishadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid