Foto: Kombayn haydayotgan Shavkat Mirziyoyev
Prezident Shavkat Mirziyoyev Angor tumanidagi «Angor Surxon g‘ururi» klasterida bo‘lib, g‘alla va g‘o‘za rivojini ko‘zdan kechirdi.
Ushbu klasterning umumiy yer maydoni 11 ming gektardan ziyod. Shuning 4 ming 870 gektarida g‘alla yetishtirilmoqda. Bu yil Rossiya Federatsiyasidan kasalliklarga chidamli g‘alla navlari keltirib ekilgan. Gektariga 80 sentnerdan hosil olish kutilyapti.
Davlat rahbari kombaynni boshqarib, g‘alla o‘rdi.
4 ming 656 gektarda paxta qo‘shqator ekilgan. Kaliforniya usulida sug‘orish natijasida suv sarfini 50 foizga tejashga erishilmoqda.
Prezident soha mutaxassislari bilan suhbatda paxtani qo‘shqator usulda ekishni janubiy hududlarda ommalashtirish va bu orqali yuqori hosil olish mumkinligini qayd etdi.
Klasterda sabzavot va dukkakli ekinlar ham yetishtiriladi.
Mavzuga oid
21:06 / 04.11.2024
2025 yil energetika korxonalari uchun tejamkorlik va samaradorlik yili bo‘lishi qat’iy belgilandi
18:32 / 04.11.2024
Tadbirkorlik faoliyatini ro‘yxatdan o‘tmasdan amalga oshirganlik uchun moliyaviy jarima bekor qilinadi
07:35 / 02.11.2024
Shavkat Mirziyoyev Rossiya hukumati raisining o‘rinbosarini qabul qildi
17:13 / 01.11.2024