Bu haqda Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi Aleksandr Fedinning salomatligi hamda u tomonidan yaratilgan boğ taqdiri böyiça ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar yuzasidan bergan rasmiy munosabatida ma’lum qildi.

Qayd etilişiça, mazkur masala qömita tomonidan alohida nazoratga olingan. Hozirgi vaqtda Aleksandr Fedin Termiz şahridagi tez tibbiy yordam klinik şifoxonasiga joylaştirilgan bölib, unga zarur tibbiy yordam körsatilmoqda. Şu bilan birga, uni munosib yaşaş şaroitlari bilan ta’minlaş böyiça amaliy işlar olib borilmoqda.

Şuningdek, Aleksandr Fedinni Qömita huzuridagi Örmon agentligi tizimiga işga joylaştiriş çoralari körilişi ma’lum qilindi.

Rasmiy munosabatda ta’kidlanişiça, Aleksandr Fedinning mamlakat ekologiyasi va kökalamzorlaştiriş sohasiga qöşgan hissasi inobatga olinib, u barpo etgan boğni saqlab qoliş va rivojlantiriş böyiça alohida hujjat tayyorlanmoqda.

Unga muvofiq, mazkur hudud jamoatçilik uçun oçiq ekologik park sifatida taşkil etiladi hamda Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi tasarrufiga ötkaziladi.

Kelgusida uşbu hudud negizida jamoatçilik boği şakllantirilib, uning noyob tabiiy merosini asrab-avaylaş va yanada boyitiş böyiça işlar amalga oşirilişi rejalaştirilgan.