Jizzaxdagi gaz quyish shoxobchasida kichik yuk mashinasi yonib ketdi
Jizzax shahridagi avtomobillarga siqilgan gaz quyish shoxobchasida kichik yuk mashinasi haydovchisi gaz quyish shlangini uzmasdan harakatlangan. Oqibatda yong‘in kelib chiqib, mashina to‘liq yonib ketgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, joriy yil 30 may kuni soat taxminan 9:00 da Jizzax shahri Zilol mahallasi hududida joylashgan Trans energo oil MChJ ga qarashli avtomobillarga siqilgan gaz quyish shoxobchasida kichik yuk avtomashinasida yong‘in yuzaga kelgan.
Jizzax shahrida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan haydovchi «Dong feng» rusumli kichik yuk mashinasiga gaz to‘ldirish vaqtida mashinaga ulangan gaz shlangini uzmasdan harakatlangan. Oqibatda yong‘in kelib chiqib, mashina to‘liq yonib ketgan va yaroqsiz holga kelgan.
Qayd etilishicha, mazkur hodisa tufayli hech kim jarohat olmagan. Mashina esa yaroqsiz ahvolga kelgan. Hozirda mazkur hodisa yuzasidan Jizzax shahar IIO FMB hamda viloyat FVB tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.
Mavzuga oid
11:30 / 25.11.2024
Toshkentda Epica va Spark to‘qnashishi oqibatida yong‘in sodir bo‘ldi
09:33 / 25.11.2024
Toshkentdagi uylarning birida yong‘in kelib chiqdi
18:12 / 24.11.2024
Filippin poytaxtida yong‘in boshlandi: mingga yaqin uy yonib ketdi
20:04 / 21.11.2024