Jurnalistlar ijodiy uyushmasiga yangi rais saylandi
O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasiga yangi rais saylandi. Bu haqda uyushma xabar berdi.
Bugun, 4 iyun kuni poytaxtdagi Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining navbatdan tashqari konferensiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi. «Xalq so‘zi» gazetasi bosh muharriri o‘rinbosari Shuhrat Jabborov «Nuroniy» gazetasi bosh muharriri Olimjon O‘sarov nomzodini uyushma raisi lavozimiga ilgari surdi. Konferensiya ishtirokchilari Olimjon O‘sarovni Jurnalistlar ijodiy uyushmasining yangi rahbari etib sayladi.
O.O‘sarov 1973 yil Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida tug‘ilgan. Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti) jurnalistika fakultetini (1996), Toshkent Davlat yuridik institutining sud-prokurorlik fakultetini (2002) tamomlagan.
Olimjon O‘sarov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Oliy sud axborot xizmati rahbari lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan. U shu paytga qadar «Nuroniy» gazetasi bosh muharriri sifatida ishlab kelayotgan edi.
Ma'lumot uchun, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi sifatida ishlab kelgan jurnalist va shoir Sa'dulla Hakimov 2020 yil oktyabr oyida 69 yoshida vafot etdi.
Mavzuga oid
12:14 / 09.01.2023
Prezident spichrayterlari guruhida tayinlovlar bo‘ldi
18:40 / 28.10.2022
“Yaqin kunlarda O‘zbekiston axborot kodeksi loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi” – Olimjon O‘sarov
19:29 / 13.06.2022
Jurnalistlarga ketma-ket tahdidlar: Jurnalistlar uyushmasi IIV va Milliy gvardiyadan xodimlariga chora ko‘rishni talab qildi
10:27 / 25.09.2021