Bu haqda Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi raisi Olimjon Ösarov 23 sentabr kuni ötkazilgan davra suhbatida ma'lum qildi, deya xabar berdi Kun.uz muxbiri.

Uyuşma rahbari jurnalistning şu mazmundagi savoliga javoban şuningdek, öz şaxsiy qaraşlarini ham bildirib ötdi.

«Bu joyda qiziq bir holat bor. Ommaviy axborot vositalarini qöşimça qiymat soliğidan ozod qiliş böyiça imtiyoz beriş boşqa davlatlar tajribasida kuzatilmayapti.

Bugun OAVga uni QQSdan ozod qiliş imkonini bersak, ertaga uning oldiga boşqa sohalar ham kirib kelişi mumkin. Keyin ularning köpayişi OAV uçun berilgan imtiyozning yoppasiga bekor qilinişiga ham sabab böladi.

Şaxsiy fikrim şundayki, bu masalada boşqaçaroq yondaşuv maqsadga muvofiq. Ya'ni OAVni yalpi QQSdan ozod etiş emas, balki ularga boşqaça körinişdagi imtiyozni beriş kerak. Çunki qöşimça qiymat soliği imtiyozi qaçondir bekor bölişi mumkin. Şuning uçun biz qonunçilikda muayyan norma topişimiz kerakki, u OAVni qöllab-quvvatlasin», – dedi Olimjon Ösarov.

Uyuşma raisining qöşimça qilişiça, 2007 yilda ommaviy axborot vositalarini moddiy qöllab-quvvatlaydigan qonun loyihasi işlab çiqilgan, ammo u hanuzgaça imzolanmagan.

«Şu qonun qabul qilinganda edi, QQS bilan boğliq qiyinçilik bölmasdi. Öylaşimça, bu jarayon juda çuqur örganilişi kerak», – Olimjon Ösarov.