Tadbirda Jurnalistlar ijodiy uyuşmasi raisi Olimjon Ösarov Özbekistonda yagona Axborot kodeksi işlab çiqilayotgani va uning yaqin kunlarda taqdimot qilinişi haqida ma’lumot berdi.

“Bugun parlamentda yagona Axborot kodeksi tayyorlanmoqda. Bilasiz, bugun Özbekistonda OAV faoliyatini tartibga soladigan öndan ortiq qonun va qirqdan ortiq qonunosti hujjatlar mavjud. Eng qiziği, bu qonunlardagi ayrim moddalar bir-birini inkor etadi.

Biz Axborot kodeksi qabul qilinişi kerakligi böyiça ançadan buyon takliflarimizni bildirib kelayotgandik. Yaqinda prezident ham bu kodeks işlab çiqilişi kerakligi haqida öz fikrlarini bildirdi.

Bugun bu kodeks işlab çiqilmoqda. Men Axborot kodeksida asosiy uçta nuqta birlaşişi kerak, deb öylayman. Masalan, kodeksda axborot özi nima ekanligiga aniq ta’rif berilişi kerak. Şuningdek, uni tarqatuvçi va undan foydalanuvçi masalasi belgilanişi lozim.

Bugun jurnalistlardan ularning faoliyati tartibga solingani, lekin blogerlarga nisbatan javobgarlikni közda tutvçi qonun hujjatlari mavjud emasligi böyiça köp e’tiroz böladi.

Yangi kodeksda “axborot tarqatuvçi”siga oid norma belgilanişi kerak. Çunki bugun axborot tarqatuvçisi sifatida köplab yangi yönalişlar kirib kelyapti. Masalan, “Tik-tokçi”, “vaynerçilar” kabi. Ular ham axborot tarqatuvçi. Fikrimça, axborot tarqatuvçilarning barçasiga bir xil huquq va normalar belgilanişi kerak.

Men yangi kodeksning mazmuni haqida töla töxtalmoqçi emasman. Çunki kodeks loyihasi tayyor bölgaç, u jamoatçilikka e’lon qilinadi.

Hozir bu borada AOKA huzurida tuzilgan alohida işçi guruh tomonidan katta işlar qilinyapti. Yaqin kunlarda bu kodeks taqdimoti ham rejalaştirilmoqda.

Noyabr oyida biz AOKA bilan hamkorlikda yirik Media forum ötkazişni rejalaştiryapmiz. Ana şu forum davomida jurnalistlarning takliflari bilan kodeks yanada boyitiladi, deb öylayman”, – deya Olimjon Ösarov sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.