O‘zbekiston | 16:14 / 04.06.2021
3907
1 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryodagi YTHda ota-bola vafot etdi

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida yuz bergan avtohalokatda «Lasetti» va «Damas» rusumli avtomobillar ishtirok etgan. «Damas»da harakatlanib ketayotgan ota-bola vafot etgan. Bu haqida viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ma'lum bo‘lishicha, avtohalokat 30 may kuni soat taxminan 6:10larda Shahrisabz tumani Mo‘minobod qishlog‘i hududidan o‘tuvchi 4K307 «Shahrisabz-Miroqi» avtomobil yo‘lining 5-kilometrida sodir bo‘lgan.

Guvohlarning ma'lumotiga qaraganda «Lasetti» haydovchisi quvib o‘tayotganida biroz turtgani uchun «Damas» yo‘ldan chiqib ketgan. Haydovchi va yo‘lovchi bo‘lgan ota-bolalar voqea joyida vafot etgan. «Lasetti»dagi haydovchi va yo‘lovchi omon qolgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid