Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya Qora dengizda yana bir yirik gaz konini aniqladi
Turkiyaning «Fotih» burg‘ilovchi kemasi Qora dengizda 135 mlrd kub metr hajmga ega tabiiy gaz konini aniqladi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ma'lum qildi.
Erdo‘g‘an Filios porti ochilishi marosimida yangi kon Qora dengizdagi «Sakarya» uchastkasining «Amasra-1» qudug‘ida aniqlanganini aytgan.
Uning ta'kidlashicha, endilikda Turkiya tomonidan Qora dengizda topilgan tabiiy gaz konlaridagi gaz zaxirasi umumiy hajmi 540 mlrd kub metrni tashkil qiladi.
«Fotih» 2020 yil yozida ham Qora dengizda gaz konini topgandi. O‘shanda Turkiya yetakchisi kondagi tabiiy gaz zaxirasi 405 mlrd kub metrgacha yetishi mumkinligini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
15:55
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
22:23 / 08.06.2026
Harbiy tibbiyot sohasida Turkiya bilan hamkorlik rivojlantiriladi
13:14 / 07.06.2026