JCh-2022 saralashi. O‘zbekiston Singapurni yirik hisobda yengdi
O‘zbekiston milliy jamoasi JCh-2022 saralashi 2-bosqichidagi 6-tur o‘yinida Singapur darvozasiga javobsiz 5ta gol urdi.
Birinchi bo‘limda Jaloliddin Masharipov dublga erishgan bo‘lsa, Eldor Shomurodov bo‘limning so‘nggi daqiqalarida hisobni yiriklashtirdi.
Ikkinchi bo‘lim boshida Odil Ahmedov ham o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. Shuningdek, o‘yin oxirida yana bir gol Irfon Fandi nomiga avtogol sifatida yozildi.
O‘yin davomida O‘zbekiston milliy jamoasining ikki futbolchisi - himoyachi Husniddin Aliqulov (birinchi bo‘limda) hamda yarimhimoyachi Hojimat Erkinov (ikkinchi bo‘limda) jarohat olib maydonni tark etishga majbur bo‘lishdi.
Bu g‘alabadan so‘ng O‘zbekiston ochkolarini 12taga yetkazib, peshqadam Saudiya Arabistonini (14) quvishda davom etmoqda. Shuningdek, Vadim Abramov jamoasi guruhda kamida 2-o‘rinni qo‘lga kiritishni kafolatladi. Keyingi pog‘onalardagi Falastin (7) va Singapur (7) qolgan bir o‘yinida g‘alaba qozonishsa ham, O‘zbekistonga yeta olishmaydi.
JCh-2022 saralashi. Osiyo
2-bosqich. D guruhi
O‘zbekiston — Singapur 5:0
7 iyun, «Qirol Fahd» (Riyod)
Gollar: Masharipov (6, 34), Shomurodov (45+1), Ahmedov (50), Fandi (89, avtogol).
O‘zbekiston — Sanjar Quvvatov, Oleg Zoteyev, Umar Eshmurodov, Islom Qobilov, Husniddin Aliqulov (Hojiakbar Alijonov, 45), Ikrom Aliboyev, Otabek Shukurov (Odil Hamrobekov, 55), Odil Ahmedov, Jaloliddin Masharipov (Farrux Ikromov, 55), Doston Hamdamov (Hojimat Erkinov 46, Temurxo‘ja Abduholiqov 61), Eldor Shomurodov.
Singapur — Mahmud, Nazrul (Anuar, 46), Mohana (Zulqarnayn, 67), Hayzan, Hamza, Sujad (Fandi, 29), Sulaymon, Hanapi, Mohd (Hami, 46), Halim (Akbar, 71), Ramli.
Ogohlantirishlar: Hayzan (10), Shukurov (12), Mohd (34), Hamza (50), Hamrobekov (59), Qobilov (90+1).
Mavzuga oid
13:48 / 07.10.2024
Katanets salomatligi yomonlashgani bois Eron va BAA bilan o‘yinlarda jamoani boshqarmaydi
18:25 / 01.10.2024
O‘zbekiston milliy jamoasining BAA va Eronga qarshi o‘yinlar uchun chaqirilgan futbolchilari ma’lum bo‘ldi
22:01 / 17.09.2024
Futzal bo‘yicha JCh-2024. O‘zbekiston Paragvay bilan o‘yinda mag‘lubiyatga uchradi
18:42 / 11.09.2024