Özbekiston milliy jamoasi JÇ-2022 saralaşi 2-bosqiçidagi 6-tur öyinida Singapur darvozasiga javobsiz 5ta gol urdi.

Birinçi bölimda Jaloliddin Maşaripov dublga erişgan bölsa, Eldor Şomurodov bölimning sönggi daqiqalarida hisobni yiriklaştirdi.

Ikkinçi bölim boşida Odil Ahmedov ham öz hisobiga gol yozdirib qöydi. Şuningdek, öyin oxirida yana bir gol Irfon Fandi nomiga avtogol sifatida yozildi.

Öyin davomida Özbekiston milliy jamoasining ikki futbolçisi - himoyaçi Husniddin Aliqulov (birinçi bölimda) hamda yarimhimoyaçi Hojimat Erkinov (ikkinçi bölimda) jarohat olib maydonni tark etişga majbur bölişdi.

Bu ğalabadan söng Özbekiston oçkolarini 12taga yetkazib, peşqadam Saudiya Arabistonini (14) quvişda davom etmoqda. Şuningdek, Vadim Abramov jamoasi guruhda kamida 2-örinni qölga kiritişni kafolatladi. Keyingi poğonalardagi Falastin (7) va Singapur (7) qolgan bir öyinida ğalaba qozonişsa ham, Özbekistonga yeta olişmaydi.

JÇ-2022 saralaşi. Osiyo
2-bosqiç. D guruhi

Özbekiston — Singapur 5:0
7 iyun, «Qirol Fahd» (Riyod) 
Gollar: Maşaripov (6, 34), Şomurodov (45+1), Ahmedov (50), Fandi (89, avtogol).
Özbekiston — Sanjar Quvvatov, Oleg Zoteyev, Umar Eşmurodov, Islom Qobilov, Husniddin Aliqulov (Hojiakbar Alijonov, 45), Ikrom Aliboyev, Otabek Şukurov (Odil Hamrobekov, 55), Odil Ahmedov, Jaloliddin Maşaripov (Farrux Ikromov, 55), Doston Hamdamov (Hojimat Erkinov 46, Temurxöja Abduholiqov 61), Eldor Şomurodov.
Singapur — Mahmud, Nazrul (Anuar, 46), Mohana (Zulqarnayn, 67), Hayzan, Hamza, Sujad (Fandi, 29), Sulaymon, Hanapi, Mohd (Hami, 46), Halim (Akbar, 71), Ramli. 
Ogohlantirişlar: Hayzan (10), Şukurov (12), Mohd (34), Hamza (50), Hamrobekov (59), Qobilov (90+1).