Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JSST Yevropada koronavirusning hindcha shtammi tarqalishini taxmin qilmoqda
JSSTning Yevropadagi mintaqaviy byurosi direktori Hans Klyugening qayd etishicha, aynan mana shu shtamm olimlarda xavotir uyg‘otmoqda, chunki u tez tarqaladi va immuniteti bor odamlarga ham yuqadi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Yevropada koronavirus infeksiyasining hindcha shtammi tarqalishini taxmin qilmoqda. Bu haqda JSSTning Yevropadagi mintaqaviy byurosi direktori Hans Klyuge ma'lum qildi.
Uning qayd etishicha, aynan mana shu shtamm olimlarda xavotir uyg‘otmoqda, chunki u tez tarqaladi va immuniteti bor odamlarga ham yuqadi.
Klyugening so‘zlariga ko‘ra, «delta-variant» deb nomlanuvchi mazkur shtamm virusning boshqa shtammlarini siqib chiqargan.
JSST vakili virusga yengil yondashmaslikka chaqirdi.
Hindistonda 2021 yil marti oxiridan koronavirus yuqtirish holatlari keskin oshdi. 1 aprel holatiga mamlakatda kasallik yuqtirganlar soni 12,3 mln kishini tashkil etgan bo‘lsa, 1 iyunga kelib bu raqam 28,4 mlnga yetdi.
20 may kuni Rajaston va Telangana shtatlarida koronavirusdan sog‘ayganlarga yuqadigan qora mog‘or kasalligi epidemiyasi e'lon qilindi.
Mavzuga oid
20:58 / 26.05.2026
Afrikadagilar Ebola bezgagi tarqalishini jilovlay olmayapti
22:16 / 25.05.2026
JSST Kongoda Ebola epidemiyasi nazoratdan chiqib ketgani haqida ogohlantirdi
18:24 / 22.05.2026
Ebola yangi shtammiga qarshi vaksina faqat olti-o‘n oydan keyin tayyor bo‘ladi – JSST
20:13 / 19.05.2026