O‘zbekiston | 07:41 / 12.06.2021
3454
1 daqiqa o‘qiladi

Bugun O‘zbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi 

Bugun kunduz kuni O‘zbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kunning birinchi yarmida Qoraqalpog‘istonda va kechqurun Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarining ba'zi joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 33-38 daraja issiq bo‘ladi.

Poytaxtda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 34-36 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 22-27 daraja issiq bo‘ladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid