Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Izboskan tumanida fermer xo‘jaligining yerini sotmoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi
Paxta ekin maydonining bir qismini 6 000 AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lganda qo‘lga olingan.
Fuqaro I.Q. boshqa bir fuqaro Sh.ga o‘g‘li rahbarligidagi “B” fermer xo‘jaligiga tegishli 0,10 gektar paxta ekin maydonini 6 000 AQSh dollari evaziga kelgusida kadastr tizimida ishlovchi tanishlari orqali turar joy qurish uchun hujjatlarni rasmiylashtirib berishni va'da qilib, 5 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq, Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyat sudida 100 gektar yer ajratib berish evaziga 128 ming dollar pora olgan to‘rt nafar mansabdor shaxsga hukm o‘qilganligi haqida xabar bergan edik.
Mavzuga oid
09:23 / 17.12.2025
Fermer xo‘jaligi yerini o‘zboshimchalik bilan egallab, sotishga uringanlar ushlandi
20:11 / 12.12.2025
Muhojirlik, shubha va ikki qizining qotiliga aylangan ona - Andijondagi mudhish jinoyat tafsiloti
08:20 / 26.11.2025
Toshkent viloyatida 8,5 gektar yer uchun 7,3 mln dollar talab qilganlar qo‘lga olindi
07:45 / 25.11.2025