Jinoyat işlari böyiça Andijon viloyat sudida 100 gektar yer ajratib beriş evaziga 128 ming dollar pora olgan tört nafar mansabdor şaxsga hukm öqildi. 

Sudda Andijon viloyati hokimligi huzuridagi “Kiçik sanoat zonalarini boşqariş yagona direksiyasi” boş mutaxassisi lavozimida işlagan Oybek Abdujalilov, “Universal vodiy gips” MÇJ rahbari lavozimida işlagan Abdulhamid Usvaliyev, fuqaro Abdurahmon Usvaliyev va Andijon viloyati hokimligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş Boş boşqarmasi ğaznaçisi lavozimida işlagan Umidjon Soliyevga oid jinoyat işini körib çiqildi. Bu haqda Oliy sud Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi boşliği Aziz Abidov xabar bermoqda.

Iş hujjatlari va sudda aniqlangan holatlarga köra, sudlanuvçi O. Abdujalilov viloyat hokimligi huzuridagi “Kiçik sanoat zonalarini boşqariş yagona direksiyasi” boş mutaxassisi vazifasida 2019 yil 1 noyabrdan hozirgi kunga qadar işlab kelib, viloyat hokimligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş boş boşqarmasi xöjalik mudiri-kassir U. Soliyev hamda Abdulhamid va Abdurahmon Usvaliyevlar bilan oldindan til biriktirib, bir guruh bölganlari holda jabrlanuvçi I. Dadaxodjayevga Xöjaobod tuman hokimiyati mansabdor şaxslari orqali tuman hududidan çorvaçilik fermer xöjaligi taşkil qiliş uçun jami 100 gektar yer maydoni ajratib, hujjatlarini tayyorlab berişlari evaziga, firibgarlik yöli bilan uni jami 135 000 AQŞ dollari miqdorida pora berişga dalolat qilib, I. Dadaxodjayevdan 2021 yil 26 mart kuni uşbu pullar hisobidan dastlab 7 000 AQŞ dollarini olib, 2021 yil 29 mart kuni qolgan 128 000 AQŞ dollarini Andijon şahar, Böston dahasida joylaşgan “UzDongYang-Ko” qöşma korxonasi oldida olayotganlarida DXX hamda IJQK departamenti Andijon viloyati boşqarmasi xodimlari tomonidan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbir davomida uşlangan.

Şuningdek, şu kuni O. Abdujalilovning ixtiyoriy roziligiga köra, davom ettirilgan tezkor tadbirda, viloyat hokimligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş boş boşqarmasi xöjalik mudiri-kassir vazifasida işlab kelgan U. Soliyev jabrlanuvçi I. Dadaxodjayevdan Xöjaobod tuman hokimiyati mansabdor şaxslari orqali tuman hududidan çorvaçilik fermer xöjaligi taşkil qiliş uçun yer maydoni ajratib, hujjatlarini tayyorlab berişi evaziga pora berişga dalolat qilib, firibgarlik yöli bilan talab qilingan 135 000 AQŞ dollari miqdoridagi pullardan öziga tegişli 70 000 AQŞ dollarini jinoiy şerigi O. Abdujalilovdan Andijon şahar, Puşkin köçasida joylaşgan Respublika şoşilinç tez tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filialining avtoturargohida olgan vaqtida DXX hamda IJQK departamenti Andijon viloyati boşqarmasi xodimlari tomonidan uşlangan.

Yuqorida qayd etilgan jinoiy harakatlar uçun O. Abdujalilov Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28-, 211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan aybli deb topilib, unga 3 yil mansabdorlik lavozimlari va moddiy javobgarlik yuklatilgan vazifalarida işlaş huquqidan mahrum qilingan holda 10 yil 6 oy, Abdulhamid Usvaliyev Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan aybli deb topilib, unga 10 yil 2 oy, Abdurahmon Usvaliyev Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan aybli deb topilib, unga 10 yil 2 oy, U. Soliyev Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan aybli deb topilib, unga 3 yil mansabdorlik lavozimlari va moddiy javobgarlik yuklatilgan vazifalarida işlaş huquqidan mahrum qilingan holda 10 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazolari tayinlandi.