O‘zbekiston | 16:52 / 12.06.2021
26384
1 daqiqa o‘qiladi

Rahmonbek Usmonov Toshkent metropoliteni rahbari etib tayinlandi

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ yagona aksiyadorining qarori bilan, Usmonov Rahmonbek Jahongirovich «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ boshqaruv raisi o‘rinbosari – «Toshkent metropoliteni» UK boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Transport vazirligi matbuot xizmati

Rahmonbek Usmonov 2021 yil yanvarida transport vaziri o‘rinbosari etib tayinlangan edi. U ushbu lavozimdan bir necha kun oldin ozod etilgan.

Toshkent metropolitenida rahbar o‘zgarishi metrodagi ketma-ket ko‘ngilsiz hodisalar fonida ro‘y bermoqda.

61 yoshli Usmonov 2011 yildan 2018 yil apreliga qadar Toshkent shahri hokimi edi.

U 2018 yil aprelidan Avtomobil transporti agentligi (ayni paytda tugatilgan) rahbarining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlagan, o‘sha yil oktyabr oyidan Yunusobod tumani hokimi lavozimida ish boshlagandi.

Transport vazirligi axborot xizmatining Kun.uz'ga bergan ma'lumotiga ko‘ra, Toshkent metropolitenining endilikda sobiq rahbari Oybek Xudoyqulov yangi lavozimga tayinlanishi kutilmoqda.

Mavzuga oid