Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dori vositalari to‘xtatib qolindi
Farg‘ona viloyatida 308 million so‘mlik dori vositalari noqonuniy olib kirilishining oldi olindi. Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbir davomida “Log‘on-Farg‘ona” yo‘nalishida harakatlanayotgan fuqaro I.R. boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtotransport vositasi Farg‘ona shahri hududida to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganda, avtomashina salonida muqaddam xorijda ishlab chiqarilgan va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini hamda sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan, 22 dona qog‘oz qutilarda qiymati 308 million so‘mlik 6 turdagi dori vositalari borligi aniqlangan.

Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq “Marg‘ilon” TIF bojxona postida eksport qilish taqiqlangan 2 milliard 348,9 million so‘mlik 1014 tonna mineral o‘g‘it tovarlari to‘xtatib qolingani haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
08:30 / 18.03.2026
1,8 mlrd so‘mlik jarimani kamaytirishni va’da qilgan muhandis qo‘lga olindi
08:28 / 12.02.2026
Farg‘onada 34 kishidan iborat “koll-markaz” niqobidagi uyushgan jinoiy guruh fosh etildi
08:28 / 31.01.2026
Qo‘qonda kuchli ta’sir qiluvchi dorilarning noqonuniy aylanmasi fosh etildi
08:29 / 24.01.2026