Farğona viloyatida 308 million sömlik dori vositalari noqonuniy olib kirilişining oldi olindi. Bu haqda viloyat bojxona boşqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.
        
Qayd etilişiça, Farğona viloyati bojxona boşqarmasi Kontrabandaga qarşi kuraşiş va bojxona auditi bölimi xodimlari tomonidan tezkor tadbir ötkazilgan.

Tadbir davomida “Loğon-Farğona” yönalişida harakatlanayotgan fuqaro I.R. boşqaruvidagi “Damas” rusumli avtotransport vositasi Farğona şahri hududida töxtatilib közdan keçirilganda, avtomaşina salonida muqaddam xorijda işlab çiqarilgan va bojxona rasmiylaştiruvidan ötganligini hamda sifatini tasdiqlovçi hujjatlari bölmagan, 22 dona qoğoz qutilarda qiymati 308 million sömlik 6 turdagi dori vositalari borligi aniqlangan. 

Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq “Marğilon” TIF bojxona postida eksport qiliş taqiqlangan 2 milliard 348,9 million sömlik 1014 tonna mineral öğit tovarlari töxtatib qolingani haqida xabar berilgan edi.