Jahon | 18:26 / 16.06.2021
3039
2 daqiqa o‘qiladi

Fransiyada komendantlik soati va ko‘chada niqob taqish talabi bekor qilinadi

17 iyundan ko‘chada niqob taqish rejimi, 21 iyundan komendantlik soati bekor qilinadi.

Foto: Lionel Vadam

Fransiya hukumati koronavirus tarqalishi sababli joriy etilgan cheklovlarni yumshatishga qaror qildi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Jan Kasteks ma'lum qildi, deb xabar berdi Le Parisien.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mudofaa va milliy xavfsizlik kengashi ko‘chada niqob taqish talabini bekor qilishga qaror qilgan.

«Ochiq havoda niqob taqish majburiy bo‘lmaydi, odam gavjum joylarda to‘planganda, navbatda turganda yoki bozorda yoxud stadion tribunalaridagi holatlar bundan mustasno», — dedi bosh vazir va bu qaror 17 iyundan kuchga kirishini aytdi.

Kasteksning ma'lum qilishicha, 21 iyundan Fransiyada komendantlik soati bekor qilinadi.

«Mamlakatdagi sanitar vaziyat yaxshilanmoqda. Dushanbadan komendantlik soati bekor qilinadi», — dedi u.

Jons Hopkins universiteti ma'lumotlariga ko‘ra, Fransiyada koronavirus yuqtirganlar soni 5,8 milliondan ortiq, 110,6 ming bemor vafot etgan. Mamlakatda 44,3 mln kishi koronavirusga qarshi emlangan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid