Jahon | 14:28 / 16.06.2021
2266
3 daqiqa o‘qiladi

Italiya fermerlar uyushmasi migrantlar uchun emlash kompaniyasini boshladi

Italiya janubidagi Fodja shahrida yashovchi migrantlarni Koldiretti fermerlar uyushmasi tashabbusiga ko‘ra COVID-19’ga qarshi vaksina bilan emlash jarayoni boshlandi.

Foto: ANSA

Italiyaning Koldiretti fermerlar uyushmasining yakshanba kungi e'loniga ko‘ra, mamlakat janubidagi Fodja kommunasi qishloq joylarida yashayotganlar hamda ishlayotganlarga e'tiborni kuchaytirish va ularning COVID-19’ga qarshi emlash jarayoni tezlashtirilishi xabar qilindi. Ma'lum bo‘lishicha, fermer xo‘jaliklarning o‘zlari mazkur tashabbus bilan chiqishgan.

“Ular orasida Fodja uchun zarur bo‘lgan ishchi kuchining deyarli uchdan bir qismini tashkil etuvchi, Yevropa Ittifoqiga a'zo bo‘lmagan mamlakat fuqarolar ham bor”, deydi Pugliyadagi uyushmaning mintaqaviy vakolatxonasi rahbari Savino Muraliya.

Assotsiatsiyaning qayd etishicha, mazkur kampaniyada hududdagi 30ga yaqin fermer xo‘jaliklari ishtirok etib, COVID-19’ga qarshi qariyb 300 doza vaksina taqdim etiladi. Shundan 220 dozasi Yevropa Ittifoqiga a'zo bo‘lmagan fuqarolari uchun ajratilgan

Shuningdek, Savino Muraliyaning yakshanba kungi bayonotiga ko‘ra, Fodja kommunasidagi Kasa Sansara aholisi ham emlanishi rejalashtirilgan.

Koldiretti tashkiloti bayonotiga ko‘ra, sog‘liqni saqlash sohasida yuz bergan bunday favqulodda vaziyatda emlash kampaniyasi aholining barcha qatlamlarini o‘z ichiga olishi va uni imkon qadar tezlashtirishi lozim, deyiladi. Shuningdek, tadbirlar o‘tkazish uchun ikkita emlash markazi va kuzatuv maydoni, bundan tashqari kutib olish va transport uchun maxsus yo‘nalish tashkil etilgan. Shu bilan birga, Pfizer vaksinasi ajratilishi uchun Fodja kommunasidagi fermer xo‘jaliklari tomonidan tuzilgan ro‘yxatlar taqdim etilgan.

Bayonot davomida Italiyada ishlab chiqarilayotgan “Made in Italy” brendi ostida tayyorlanuvchi oziq-ovqat mahsulotlarining chorak qismidan ko‘prog‘i xorijiy ishchilar tomonidan yetishtirilishi ta'kidlandi. E'tiborga molik tomoni, Italiya qishloq xo‘jaligi sohasida, zaruriy ish kunlari umumiy sonining 29 foizini tashkil etuvchi, 155 mamlakatdan tashrif buyurgan 368 mingdan ortiq ishchilar doimiy ish bilan ta'minlangan.

“Shuningdek, ushbu fuqarolarning aksariyati Italiya qishloq xo‘jaliklarida uzoq vaqtdan buyon faoliyat yuritib kelishmoqda hamda ularda yetarlicha professionallik, ko‘nikmalar hamda tajriba shakllangan” - deyiladi bayonotda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid