O‘zbekiston | 08:01 / 17.06.2021
2718
1 daqiqa o‘qiladi
Bugun O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi
Bugun kunduz kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida ba'zi joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 33-38 daraja issiq bo‘ladi.
Poytaxtda havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 34-36 daraja issiq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 22-27 daraja issiq bo‘ladi.