O‘zbekiston | 07:42 / 18.06.2021
4138
1 daqiqa o‘qiladi
Bugun O‘zbekiston bo‘yicha kam bulutli va issiq ob-havo kutilmoqda
Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha kam bulutli va issiq ob-havo kutilmoqda. Shamol ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 35-40 daraja issiq bo‘ladi.
Poytaxtda havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 36-38 daraja issiq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 24-29 daraja issiq bo‘ladi.