Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Guterrish ikkinchi muddatga BMT bosh kotibligiga tayinlandi
Guterrishni ikkinchi muddatga tayinlash to‘g‘risidagi rezolyutsiya bir ovozdan qabul qilindi.
Foto: EPA-EFE
BMT bosh assambleyasi Antoniu Guterrishni ikkinchi muddatga tashkilotning bosh kotibi etib tayinladi. Bu haqda BMT bosh assambleyasi 75-sessiyasi raisi Vulqon Bo‘zqir ma'lum qildi.
"Antoniu Guterrishni 2022 yil 1 yanvardan 2026 yil 31 dekabrgacha ikkinchi muddatga BMT bosh kotibi deb e'lon qilaman", - dedi u.
Guterrishni ikkinchi muddatga tayinlash to‘g‘risidagi rezolyutsiya bir ovozdan qabul qilindi.
Guterrish BMT bosh kotibligiga yagona nomzod bo‘ldi. Avvalroq uni tashkilotning xavfsizlik kengashi qo‘llab-quvvatlagandi.
Mavzuga oid
17:42
O‘zbek migrantlari: ularning mamlakat iqtisodiyotidagi o‘rni qay darajada katta?
21:14 / 15.12.2025
BMT ilk bor Butunjahon turkiy tillar kunini nishonladi
07:30 / 10.12.2025
BMT prognozi: dunyo aholisi o‘sishi Afrika va Shimoliy Amerikaga siljiydi
17:48 / 09.12.2025