Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya Kobul aeroportida xavfsizlikni ta'minlaydi
Turkiya Xamid Karzay nomidagi Kobul aeroporti xavfsizligini ta'minlashni rejalashtirmoqda.
Turkiya AQSh qo‘shinlari Afg‘onistonni tark etganidan so‘ng Kobul aeroporti xavfsizligini ta'minlashni rejalashtirmoqda, deb bayonot berdi AQSh prezidentining milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Jyeyk Sallivan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki mamlakat prezidentlari Jo Bayden va Rajab Toyyib Erdo‘g‘an o‘zaro uchrashuvda bu haqda gaplashishgan.
«Ular operatsiya yakunlanishi bilan aeroport muhofazasi bo‘yicha potensial missiya tafsilotlarini muhokama qilishdi. Turkiya prezidenti yordam kerakligiga shama qildi, Jo Bayden esa ushbu ko‘mak albatta ko‘rsatilishini aytdi. Turkiya o‘z zimmasiga oladigan majburiyat bor. Ishonamizki, ular Xamid Karzay nomidagi Kobul aeroporti xavfsizligini ta'minlashda muhim rol o‘ynaydi», deya ta'kidlagan Sallivan.
Shuningdek, Turkiya o‘z rejalarini amalga oshira olmagan taqdirda, AQSh boshqa muqobil rejalarni ham tuzib qo‘ygan.
Avvalroq, Turkiya va AQSh prezidentlarining o‘zaro uchrashuvi haqida xabar berilgandi. Erdo‘g‘an Anqara va Vashington o‘rtasida hal qilib bo‘lmaydigan muammolar yo‘q, deb ta'kidlab o‘tgan.
Bundan tashqari, «Tolibon» harakati Turkiyadan NATOning boshqa a'zolari kabi Afg‘onistondagi qo‘shinlarini olib chiqib ketishni talab qilayotgani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
18:34 / 25.05.2026
Turkiya O‘zbekistonga Qurolli kuchlarni isloh qilishda ko‘maklashadi
18:25 / 25.05.2026
Qurbon hayiti munosabati bilan Afg‘onistonga insonparvarlik yordami jo‘natildi
11:16 / 25.05.2026
Talabalar bosimi ortidan Erdo‘g‘an qarorini o‘zgartirdi
21:29 / 21.05.2026