O‘zbekiston | 08:04 / 25.06.2021
2079
3 daqiqa o‘qiladi

Badiiy akademiya o‘quv markazining vazifalari belgilandi

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi badiiy ta'lim yo‘nalishlarida pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Prezidentning "Tasviriy va amaliy san'at sohasi samaradorligini yanada oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida" 2020 yil 21 apreldagi PQ-4688-son qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi huzurida Badiiy ta'lim yo‘nalishlarida pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markazi tashkil etildi, uning faoliyati 2022 yil 1 yanvardan boshlanadi.

Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilandi:

  • davlat oliy va professional ta'lim muassasalari, ixtisoslashtirilgan san'at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlari, bolalar musiqa va san'at maktablarining tasviriy va amaliy san'at, dizayn, san'atshunoslik hamda muzeyshunoslik yo‘nalishlari bo‘yicha pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish;
  • iqtidorli yosh professional san'at namoyandalarining bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘qitishning zamonaviy shakl va uslublari, samarali pedagogik texnologiyalar, elektron axborot resurslaridan keng foydalangan holda ta'lim jarayonining yuqori darajada olib borilishini ta'minlash;
  • o‘quv jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishni hisobga olgan holda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining o‘quv rejalari va dasturlarini tizimli ravishda takomillashtirish;
  • badiiy ta'lim yo‘nalishlaridagi pedagog va mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslarining o‘quv-metodik bazasini shakllantirish va faoliyatini muvofiqlashtirish hamda ularga tashkiliy-metodik rahbarlikni amalga oshirish.

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Markazning tuzilmasi;
  • Badiiy ta'lim yo‘nalishlarida mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash haqidagi diplomning davlat namunasi;
  • Badiiy ta'lim yo‘nalishlarida mutaxassis kadrlarning malakasini oshirish haqidagi sertifikatning davlat namunasi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida e'lon qilingan va 22.06.2021 yildan kuchga kirdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid